Husanov JCHda ishtirok etadigan yulduzlar qatoridan joy oldi

Sport

image

2026 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan eng yaxshi 100 futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi. “The Athletic” nashri tuzgan ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Citi” himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan.

Reyting beshta asosiy mezon asosida shakllantirilgan. Futbolchilarga har bir mezon bo‘yicha birdan beshgacha ball berilgan va yakuniy natija ushbu ballarning yig‘indisi orqali aniqlangan:

  • Joriy forma FotMob reytinglari asosida;
  • avvalgi o‘yinlari va yutuqlari;
  • terma jamoa uchun ahamiyati;
  • bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, (bu mezon yarmi vaznga ega, chunki yoshi kattaroq futbolchilarning qiymati tabiiy ravishda past bo‘ladi, ammo bu ularning Jahon chempionatidagi ta’sirini kamaytirmaydi);
  • EA Sports FC 26 futbol simulyatsiyasidagi reytingi.

Reytingning birinchi o‘rnida Kilian Mbappe qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinni Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand egallagan. Eng ko‘p vakilga ega mamlakat esa 12 futbolchi bilan Fransiya bo‘lmoqda. Undan keyin esa to‘qqiz nafar futbolchisi bilan Brazilya terma jamoasi o‘rin egallagan. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 86-o‘rinni egallagan. 

Top-10lik quyidagicha:

1. Kilian Mbappe (Fransiya);

2. Erling Holand (Norvegiya);

3. Lamin Yamal (Ispaniya);

4. Harri Keyn (Angliya);

5. Pedri (Ispaniya);

6. Jud Bellingem (Angliya);

7. Vinisius Junior (Braziliya);

8. Lionel Messi (Argentina);

9. Kevin de Bryuyne (Belgiya);

10. Janluiji Donnarumma (Italiya).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Opta superkompyuteri Jahon chempionati oldidan ishtirokchi jamoalarning g‘olib bo‘lish ehtimolini o‘rganib chiqqan va Fabio Kannavaro boshchiligida o‘zining debyut mundialida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining imkoniyatlari esa 0.2 %, deya baholangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing