Hukumat 2020 yil uchun g‘o‘za va paxta bo‘yicha qarorni qabul qilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020 yilda g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish va paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Qaror bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

•    2020 yil paxta hosili uchun g‘o‘zaning rayonlashgan va istiqbolli navlarini joylashtirish;

•    2020 yilda belgilangan xarid narxlariga nisbatan rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent joriy etiladigan g‘o‘zaning seleksion navlari;

•    2020 yil paxta hosilini yetishtirishning prognoz hajmlari;

•    2020 yil paxta hosili uchun chigit ekish sxemalari;

•    2020 yil paxta hosili uchun sug‘urta urug‘lik fondini hisobga olgan holda urug‘lik paxta xomashyosini tozalash va urug‘lik chigitni tayyorlash hajmlari;

•    2020 yil paxta hosilini yetishtirish uchun talab etiladigan moddiy resurslar hisob-kitobi ma’qullanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 2020 yil paxta hosilini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan kredit resurslari tasdiqlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil hosilidan yetishtiriladigan o‘rta tolali g‘o‘zaning 2-sanoat navi 1-klass paxta xomashyosining har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining o‘rtacha narxini 4 300 000 so‘m miqdorida belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda paxta xomashyosi xarid narxnomasini tasdiqlasin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va tumanlar  hokimliklariga yetkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil hosili uchun kuzgi-qishki tadbirlarni amalga oshirish, kuzgi shudgorlash ishlari o‘tkaziladigan hamda pol olib sho‘ri yuviladigan ekin maydonlari hajmlari va muddatlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va o‘n besh kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari hamda fermer xo‘jaliklari:

•    viloyatda beshtadan, tumanda ikkitadan ortiq bo‘lmagan, fermer xo‘jaligida esa - tavsiya etilgan bitta nav ekilishini hisobga olgan holda g‘o‘za navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga;

•    ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga muvofiq har bir seleksiya navi uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda g‘o‘zani parvarish qilish agrotexnikasiga rioya etilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi:

•    fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi va shart-sharoitlarini, shu jumladan, yerlarning meliorativ holati, tuproqning ball-boniteti, suv ta’minoti, oxirgi 3 yildagi hosildorlik ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilib, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga g‘o‘zaning konturlar bo‘yicha joylashtirilishini ta’minlasinlar;

•    joriy yil 1 noyabrga qadar fermer xo‘jaliklari bilan paxta tozalash korxonalari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari o‘rtasida 2020 yil hosili uchun paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishiga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.

Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reyestriga kiritilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ekilishi belgilangan g‘o‘za navlarini mustaqil ravishda joylashtirish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”:

•    fermer xo‘jaliklariga belgilangan g‘o‘za navlarining avlodlari va hajmlari bo‘yicha dorilangan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan yuqori sifatli urug‘lik chigitlarning 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdordagi haqini oldindan to‘lash sharti bilan qat’iy ravishda yetkazib berilishini ta’minlaydilar;

•    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari tashkilotchilari hamda zamonaviy urug‘chilik klasterlari bilan birgalikda 2020 yilning 1 martiga qadar urug‘lik paxta xomashyosi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini tanlab olish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazsin va belgilangan tartibda ro‘yxatini shakllantiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 9-ilovaga muvofiq 2020 yilda 200 ming gektar maydonda paxta yetishtirishda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati:

2020 yil paxta hosili uchun ekilishi rejalashtirilgan 62,0 ming tonna urug‘lik chigitlarni ildiz chirish va gommoz kasalliklariga hamda shira-trips zararkunandalariga qarshi kompleks ta’sir etuvchi urug‘dorilagichlar bilan 2020 yil 1 martaga qadar sifatli dorilashni tashkil qiladi.

2020 yil paxta hosili uchun ekishga mo‘ljallangan urug‘lik chigit “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati yoki paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari tizimi doirasida realizatsiya qilinganda yoki fermer xo‘jaliklariga sotilganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zneftgaz”, “O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatlari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:

•    6-ilovaga muvofiq fermer xo‘jaliklari g‘o‘za maydonlariga talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini belgilangan tartibda yetkazib beradi;

•    2020 yil mavsumida g‘o‘za maydonlarida zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarni tarqalish bashoratiga ko‘ra, zarur bo‘lgan kimyoviy, biologik hamda mikrobiologik vositalar zahirasini 2020 yil 1 aprelgacha to‘liq yaratadi;

•    shuningdek, g‘o‘zani o‘sish va rivojlanishini boshqaruvchi stimulyatorlar bilan vegetatsiya davrida kamida uch marta ishlov berishni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi 2020 yil paxta hosili uchun belgilangan g‘o‘za navlarining joylashtirilishi, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanilishi, mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

paxta Vazirlar Mahkamasi g'o'za

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing