Holand APL tarixida eng tez 100 ta gol urgan futbolchi bo‘ldi
Sport
−
03 dekabr 2025 1000 1 daqiqa
Kecha, 2 dekabr kuni “Manchester Citi” hujumchisi Erling Holand “Fulhem”ga qarshi o‘yindagi goli orqali, Premer-liga tarixida eng tez 100 ta gol urgan futbolchiga aylandi. Bu haqda Premer-liga rasmiy sahifasi ma’lum qildi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida norvegiyalik futbolchi Jeremi Dokuning chap qanotdan uzatgan to‘pini qabul darvozaga aniq yo‘llab, Angliya Premer-ligasidagi 100-golini kiritdi. Shu tariqa Holand Alan Shirerni ortda qoldirib, eng tez 100 ta gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.
25 yoshli hujumchi 100-golga erishish uchun 111 Premer-liga o‘yini o‘tkazdi, bu Shirerning natijasidan 13 ta o‘yin kamroq. Harri Keyn ushbu marraga yetish uchun 141 ta, Serxio Aguero 147 ta, Terri Anri 160 va Muhammad Saloh 162 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” “Fulhem”ga qarshi bahsda Holand, Reynders va Fodening gollari evaziga 5:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025