Hokimlarga tashqi migratsiya masalasida yangi vazifa yuklatilyapti

Jamiyat

image

Endilikda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari umumiy rahbarlik hokimlarga yuklatiladi. Hokimlar filiallarga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlaydi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 14 sentyabr kuni imzolangan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan. 

Qaror bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiallari rahbarlari bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadi.

Hokimliklar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini ko‘radi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

•    xorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;

•    xorijiy mamlakatlarning hududiy migratsiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar o‘rnatish va muzokaralar o‘tkazish, xorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

•    xorijiy (xalqaro) moliya institutlari migratsiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar tashqi migratsiya

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing