“Hizbulloh” yetakchisi Erdo‘g‘anni ikkiyuzlamachilikda aybladi

Olam

image

“Hizbulloh” yetakchisi Sayyid Hassan Nasrulloh kecha, 11 dekabr kuni X ( sobiq Twitter) sahifasiga qo‘ygan postida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni ikkiyuzlamachi, deb atadi.

“Ommaviy axborot vositalarida Falastinni qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatgan, ammo parda ortidan Isroil bilan har xil bitimlar tuzayotgan kishi, shubhasiz, ikkiyuzlamachi hisoblanadi”, deb yozgan u.

Ma’lumot uchun, Isroil davlati va Turkiya Respublikasi o‘rtasida 1949 yil mart oyida rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

Isroil Mustaqillik Deklaratsiyasidan so‘ng bir yilga yaqin vaqt o‘tgach, Turkiya Isroil suverenitetini tan olgan dunyodagi birinchi musulmon davlatiga aylandi.

Biroq G‘azoda boshlangan mojarolar fonida joriy yilning noyabrida Turkiya Isroildan o‘z elchisini chaqirib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Mossad” Turkiyaga hamkorlik taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hizbulloh Erdo'g'anni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing