“Hiylakor yetakchi”. Pirs Morgan Messini keskin tanqid qildi
Sport
−
21 iyul 14722 1 daqiqa
Taniqli britaniyalik jurnalist Pirs Morgan 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng jamoa sardori Lionel Messini keskin tanqid qildi. Bu tanqidlarni Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Morgan Messining final uchrashuvi hakamini Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelyani maydondan chetlatishga ko‘ndirishga uringani aks etgan videoni ulashdi.
“Men ko‘rgan eng achinarli manzaralardan biri. Messining soxta qiyofasi ushbu Jahon chempionatida barbod bo‘ldi. U shafqatsiz bezorilar to‘dasining hiylakor yetakchisi edi”, deb yozdi Pirs Morgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist Ernan Kastilo Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi