Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning Uttarakxand shtatida vertolyot qulashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.

Qayd etilishicha, xususiy vertolyot bugun, 8 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 atrofida Uttarkashi tumanidagi Ganganani issiq buloqlari yaqinida qulagan. Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan.

Uttarakxand bosh vaziri Pushkar Singx Dhami samolyot halokati sabablarini tekshirishni buyurganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2 may kuni Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Suchjou shahri Vujong tumanida vertolyot qulab tushgandi. Oqibatda vertolyot ostida qolgan 1 kishi halok bo‘ldi, bortdagi 4 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindistonda Uttarakxand India Today

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing