Hegset ittifoqchilarini noshukrlikda aybladi
Olam
−
18:32 2302 1 daqiqa
AQSH Mudofaa vazirligi rahbari Pit Hegset Amerikaning yevropalik hamkorlari noshukurlik qilayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 19 mart kuni matbuot vakillariga yo‘llagan murojaatida so‘z ochdi.
“Bizning noshukur yevropalik ittifoqchilarimiz... AQSH Prezidenti Donald Trampga nisbatan faqat birgina tuyg‘uni – minnatdorlikni izhor etishlari kerak”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va bir qator boshqa davlatlarga Hormuz bo‘g‘oziga harbiy-dengiz kuchlarini yuborish taklifi bilan chiqqan edi. Biroq Germaniya va Fransiya Trampning bu iltimosini bajarishdan bosh tortdi. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat mahkamasining yuqori martabali vakili Kaya Kallas YeI davlatlari Hormuz bo‘g‘ozidagi operatsiya uchun o‘z flotini taqdim etishga tayyor emasligini ta’kidladi.
Buning ortidan Donald Tramp NATO davlatlarini Eronga qarshi urushda ishtirok etishni istamayotgani uchun tanqid qildi.
AQSH va Isroil 28 fevraldan boshlab Eron hududida joylashgan ob’ektlarga zarba berishni boshladi. Bunga javoban Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharq mintaqasidagi Amerika harbiy ob’ektlariga zarbalar bermoqda.
Live
Barchasi