Yigitlar diqqatiga. Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi belgilandi. Bugun, 7 iyul kuni hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar o‘tkaziladi.

Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritiladi:

  • harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi;
  • huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog‘liq holatlar;
  • sog‘lig‘ining holati;
  • bilim darajasi;
  • oilaviy sharoiti va boshqalar.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

  • turnikda tortilish;
  • 100 metrga yugurish;
  • 3000 metrga yugurish.

Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29 yanvar kuni qabul qilingan “O‘zbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarori bilan o‘zbekistonliklarga muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun navbatdagi chaqiruv e’lon qilingandi. Qarorga ko‘ra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2025 yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Harbiy xizmat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing