HAMAS to‘rt yarim oylik sulh taklif qildi. Netanyaxu cho‘chimoqda
Olam
−
08 fevral 2024 7224 1 daqiqa
HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik otashkesim taklifi bilan chiqdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu muddatda garovga olinganlarning ozod qilinib, Isroil askarlari G‘azoni tark etishi rejalashtirilgan.
HAMASning taklifi o‘tgan hafta Qatar va Misr vositachiligida yetkazilgan Isroil va AQSH tomonidan ma’qullangan variantga javob bo‘lgan. Netanyaxu HAMASning pozitsiyasida qandaydir hiyla bo‘lishi mumkinligini bildirgan. U Falastin harakati batamom yo‘q qilinmagunicha Isroil to‘xtamasligini qo‘shimcha qilgan.
Falastin harakatining yangi taklifi har biri 45 kun davom etadigan uch bosqichli sulhni nazarda tutadi. Birinchi bosqichda guruh garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar va bolalarga almashtirmoqchi. Bunda Isroil G‘azodagi aholi punktlaridan qo‘shinlarini olib chiqishga ham majbur bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda esa garovga olingan erkaklarning qolgan barchasi ozod etilishi va nihoyat uchinchi bosqichda tomonlar jasadlarni almashtirishi kerak bo‘ladi.
HAMAS harakati rasmiysining aytishicha, harakatning yuqori martabali vakili Xalil al-Hayya boshchiligidagi delegatsiya bugun Qohiraga boradi. U yerda delegatsiyaning AQSH va Isroil vositachilari bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil HAMAS bilan potensial kelishuv doirasida G‘azo sektorining asosiy shaharlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi mumkinligi aytilgandi.
Live
Barchasi