HAMAS AQSHni Isroilga pul tikib, vaqtni behuda sarflamaslikka chaqirdi
Olam
−
09 noyabr 2023
7169HAMAS harakati Qo‘shma Shtatlarni Yaqin Sharqdagi o‘tmish tajribasidan saboq olishga va Isroilga pul tikib, vaqtni behuda o‘tkazmaslikka chaqirdi. Bu haqda harakatning Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.
“Biz AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning ma’muriyatiga aytamiz: Isroil tajovuzidan keyin G‘azoni boshqarishning xayoliy imkoniyatlari haqida gapirishni bas qiling. Qarshilik kuchlari va xalqimiz g‘alaba qozonadi, bu aniq. Netanyaxu (Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu – tahr...) va uning mag‘lubiyatga uchragan armiyasiga pul tikib, vaqtingizni behuda sarflamang. Yaqin Sharqdagi o‘tmishdagi tajribalaringizni o‘rganing”, deyiladi bayonotda.
Harakatga ko‘ra, hech qanday kuch endi ozodlikka va o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatiga erishishga intilayotgan Falastin xalqiga o‘z hukmronligini o‘rnatishga qodir emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel G‘azo sektori Falastin-Isroil mojarosi tugaganidan keyin Falastin ma’muriyati tomonidan boshqarilishi kerak, deb hisoblashini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi