Hafta oxirida O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi
Bu qiziq
−
30 noyabr 2020
188801-3 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda havo bulutli bo‘lishi, respublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2 dekabrda ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning janubida shu kunlarda havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Juma kuni sovuq havo O‘zbekiston hududlariga kirib keladi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.