Hafta oxirida qor yog‘ib, sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 16-18 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 17-18 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq; 17 fevralda kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq; 18 fevralda kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 17 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; 18 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 16 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq; 17 fevralda kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq; 18 fevralda kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq- 2 daraja iliq; 18 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq; 18 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq; 18 fevralda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 17 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 17 fevralda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq; 18 fevralda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 17 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 18 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 fevralda ayrim joylarda ba’zida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 17-18 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 4-9 daraja sovuqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing