Hafta oxirida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zgidromet, 27-29 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 28-29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja; 28 oktyabrda kechasi 0-5 daraja, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja; 29 oktyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 oktyabrda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 14-19 daraja; 28 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja; 29 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 5-10 daraja, 29 oktyabrda 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 27 oktyabrda 14-19 daraja, 28 oktyabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 5-10 daraja, 29 oktyabrda 1-6 daraja, kunduzi 27 oktyabrda 15-20 daraja, 28-29 oktyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 oktyabrda 5-10 daraja, 29 oktyabrda 0-5 daraja, kunduzi 27 oktyabrda 13-18 daraja, 28 oktyabrda 10-15 daraja, 29 oktyabrda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 va 29 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 oktyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13°; 28 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 29 oktyabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing