Hafta davomida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
11:53 1315 1 daqiqa
Ushbu ish haftasi davomida O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida va joriy yilning 24-25 sentyabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 29-32 daraja, 25 sentyabrda 27-29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Live
Barchasi