Hafta davomida qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
12:49 2588 2 daqiqa
O‘zgidromet ushbu hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida bugun kechqurun va 29 sentyabr kuni kechasi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-28 daraja, kechalari 10-13 daraja bo‘ladi.
Joriy yilning 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari respublika hududi bo‘yicha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Joriy yilning 2 oktyabr kunida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 21-24 daraja, ba’zi joylarda 26 darajagacha bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va toli hududlarida hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30 sentyabr va 1 oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 sentyabr va 1 oktyabrda cho‘l hududlarda va janubda, ba’zi joylarda 14 m/s gacha kuchayadi.
Toshkentda bugun kechqurun va 29 sentyabrda kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 25-28 daraja bo‘ladi.
30 sentyabr va 1 oktyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 21-24 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr