Metan “zapravka”da mashinaning gaz balloni portlab ketdi
3-sahifa
−
24 fevral 2023 22447 1 daqiqa
Bugun, 24 fevral kuni soat 16:08 larda Qarshi shahar “Nasaf” ko‘chasida joylashgan “zapravka”da Nexia 3 avtomobiliga gaz quyish vaqtida gaz balloni yorilib, portlab ketgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.
Oqibatda 2019 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli avtomashinaning orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan va tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr