Rossiyada o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga tarvuz berildi
Sport
−
03 avgust 2636 1 daqiqa
Kecha, 2 avgust kuni Rossiyaning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Maksim Glushenkov Rossiya Premer-ligasi (RPL) 2-turidan o‘rin olgan “Orenburg”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng noodatiy sovg‘aga ega bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Glushenkovga sovg‘a sifatida tarvuz topshirildi.
“O‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun eng yaxshi sovg‘a! Endi asosiysi – uni Sankt-Peterburgga omon-eson yetkazib borish”, deb hazilomuz izoh qoldirdi “Zenit” matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, avvalroq ham Rossiya Premer-ligasining 1-turida “Fakel” klubi qanot himoyachisi Ilnur Alshin ham noodatiy mukofot bilan taqdirlangan edi. U “Dinamo Maxachqal’a”ga qarshi bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilib, 15 kilogrammlik pishloq g‘ildiragini sovg‘a sifatida olgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust