Yomg‘irda turgan xodimga soyabon bergan haydovchi taqdirlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Yomg‘irli ob-havoda xizmat olib borayotgan YPX xodimiga soyabon olib borib bergan fuqaro rag‘batlantirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, yomg‘irli ob-havo sharoitida xizmat olib borayotgan YPX xodimining xizmatiga e’tiborsiz bo‘lmasdan, unga soyabon olib borib bergan fuqaro IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga taklif etilgan holda munosib rag‘batlantirilgan.

“YPX xodimlarining harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi sharafli xizmatlarini e’tirof etgan barcha tarmoq foydalanuvchilariga chuqur minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Yo‘ldoshev tomonidan e’lon qilingan videoda haydovchiga sovg‘a sifatida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining maxsus emblemasi tushirilgan soyabon taqdim etilganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing