Toshkentda 4 tuman soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Olmazor, Uchtepa, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxt tumanlarida soliq sohasini yanada takomillashtirish, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda rahbar kadrlar salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida navbatdagi tayinlovlar amalga oshirilgan.

Xususan, Soliq qo‘mitasi raisining bugun, 22 iyundagi tegishli buyrug‘iga muvofiq Habibulla Tojiyevich Inomov Toshkent shahar Olmazor tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Laziz Rustamovich Nosirov Toshkent shahar Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Hamdam Hakimboyevich Rajabov Toshkent shahar Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda Jamshid Ashurovich Ergashov Toshkent shahar Yashnobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlangan.

“Ushbu tayinlovlar davlat rahbarining ochiqlik, samaradorlik va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga qaratilgan islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosati izchil davom etayotganining yana bir amaliy ifodasidir”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekistonning 35 hududida soliq inspeksiyasi rahbarlari almashgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing