Husanov JCHning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi
Sport
−
22 iyun 3556 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Jahon chempionatining dastlabki o‘yinida eng tezkor futbolchilardan biri bo‘ldi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
FIFA rasmiy sayti 2026 yilgi Jahon chempionatining birinchi turidan keyingi eng tezkor futbolchilar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Husanov soatiga 36,5 kilometr tezlikka erishib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Siti”dagi jamoadoshi – Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand bilan bir hil ko‘rsatgich qayd etgan.
Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni avstriyalik himoyachi Jordan Bos egallagan. Uning dastlabki turdagi ko‘rsatgichi 36,7 kilometrni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov Jahon chempionatining ilk turida Kolumbiyaga qarshi bahsda maydonga tushgan va jamoasining eng faol futbolchilaridan biri bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Sofascore” portali Abbosbek Fayzullayev 2026 yilgi Jahon chempionatida dastlabki turida qayd etilgan eng yuqori tezlik sohibi bo‘lganini ma’lum qilgandi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi turnir davomida soatiga 36 kilometr tezlikka erishgan.
Live
Barchasi