Shuhrat Abdurahmonovning axloqsiz shou orqali tanilgan rossiyalik bloger bilan surati tarqaldi

Jamiyat

image

Kecha, 21 iyun kuni Andijon viloyatining Yangi Andijon shahrida "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi" shiori ostidagi gala-konsertda rossiyalik mashhur teleboshlovchi va bloger Viktoriya Bonya hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov birgalikda suratga tushdi. Suratni Viktoriya Bonya o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali obunachilarga ulashdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat hokimligi yoshlar uchun konsert tadbirini tashkil etgan. Konsert dasturiga Jahongir Poziljonov, Shohrux reper, Shohruxxon va yana shu kabi turli mashxurlar hamda 100 minglab yoshlar tashrif buyurgan. Forumda viloyat hokimi Shuhrat Abdurrahmonov ham ishtirok etgan va yoshlarga tabrik yo‘llagan.

Shu bilan birga, MDH mamlakatlari orasida “Dom-2” realiti televizion shousi orqali tanilgan rossiyalik teleboshlovchi va bloger Viktoriya Bonya ham konsertga tashrif buyurib, yoshlar oldida chiqish qilgan. Tadbirdan so‘ng, viloyat hokimi Bonyaga gullar bergan va birgalikda suratga tushgan. Teleboshlovchi suratni Instagram sahifasiga joylashtirgan hamda uning izoh qismida tashakkurnoma qoralagan.

“O‘zbekistonda bizni juda samimiy kutib olishmoqda! Taklif va gullar uchun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga katta rahmat” degan Bonya post izohida.



Ma’lumot uchun, "Dom-2" – Rossiyada 2004 yildan 2020 yilgacha efirga uzatilgan mashhur realiti-shou hisoblanadi. Loyihada yosh yigit-qizlar bir hududda birga yashab, juftlik bo‘lishga va munosabatlar o‘rnatishga harakat qiladi. Shu bilan birga, ishtirokchilar ramziy "uy qurish" loyihasida ham qatnashadi. Tomoshabinlar ishtirokchilarning kundalik hayoti, munosabatlari, janjallari va muhabbat hikoyalarini kuzatib boradi.

Shou Rossiya va boshqa MDH davlatlarida juda mashhur bo‘lgan, biroq doimiy janjallar, shaxsiy hayotning haddan tashqari namoyish etilishi va bahsli kontent sababli ko‘p tanqidlarga ham uchragan. Shuningdek, ochiq oilaviy sahnalar va 18+ suhbatlarning ko‘pligi bilan ham axloqiy tanqidlarga duch kelgan. Viktoriya Bonya esa ushbu shouning 2006 yildagi sonida ishtirok etib mashhurlikka erishgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing