Italiya Isroil vaziriga nisbatan tergov boshladi

Olam

image
Italiya prokuraturasi Isroilning milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan tergov boshladi. Tergov uning G‘azoga yo‘l olgan gumanitar flotiliya faollari bilan bog‘liq harakatlari va ularning hibsga olinishi vaqtida yuzaga kelgan holatlar bilan bog‘liq. Bu haqda ANSA agentligi xabar berdi.

Rim prokuraturasi olib borayotgan tergov Ben-Gvirning Isroil porti Ashdodda ushlab turilgan faollarga nisbatan munosabatini o‘rganmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, faollar qo‘llari orqaga bog‘langan holatda saqlangan.

Tergov doirasida Isroil hukumati tomonidan kemalar tekshiruvi va faollarning ushlanishi jarayonidagi kengroq holatlar ham o‘rganilmoqda. Ushlanganlar orasida bir nechta Italiya fuqarolari ham bo‘lgan.

Prokuratura ishida qiynoqlar va odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq ayblovlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq, Rim prokuraturasi Isroil tomonidan xalqaro suv hududida G‘azoga yo‘l olgan gumanitar flotiliya ushlab qolingani bo‘yicha alohida tergov boshlagan edi.

May oyida “Sumud” nomli flotiliyaga hujum paytida Isroil dengiz kuchlari kemalarni to‘xtatgan va bu jarayon xalqaro hamjamiyatda keng norozilikka sabab bo‘lgan.

Keyinchalik tarqalgan videolarda Itamar Ben-Gvir qo‘lga olingan faollar orasida yurgani, Isroil bayrog‘ini ko‘targani va ularni masxara qilgani aks etgan. Jamoatchilik bosimi ortidan barcha faollar keyinchalik ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga mamlakat hududiga kirishni taqiqlagan edi. Parij rasmiylarining bu qarori uning G‘azoga gumanitar yordam yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqan “Sumud” flotiliyasi ishtirokchilariga nisbatan bildirgan munosabati bilan bog‘langan.

Maqola muallifi

Teglar

Italiya Isroil Itamar Ben-Gvir Sumud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing