Buxoroda mahkumlarni qiynagan qamoqxona xodimlariga nisbatan tekshiruv boshlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi 4-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsga nisbatan qiynoq qo‘llanilayotgani va undan majburiy ko‘rsatma olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xabar berdi.

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini amalga oshirgan. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan shaxs bilan xoli tarzda suhbat o‘tkazilgan, uning saqlanish sharoitlari, murojaatda keltirilgan vajlar, shuningdek, tanasida tan jarohatlari alomatlari mavjud yoki mavjud emasligi o‘rganilgan.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan 4-son Tergov hibsxonasining ayrim xodimlariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan. Shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘rganish davomida to‘plangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida protsessual tartibda ko‘rib chiqish uchun Buxoro viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.

“Ombudsman mazkur holat yuzasidan o‘rganish natijalarini vakolati doirasida nazorat qilib boradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan sobiq “raygaz” rahbari vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro ombudsman Tergov hibsxonasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing