O‘zbekistonda “avtokameral” soliq tekshiruvi bekor qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab “avtokameral” soliq tekshiruvi bekor qilinadi. Bu haqda Prezident tomonidan joriy yil 19 mayda imzolangan “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda so‘z boradi.

Unga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan boshlab tekshiruvdan oldingi tahlil doirasida aniqlangan tafovutlar bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki asoslovchi hujjatlarni taqdim etish majburiyati bekor qilinadi.

Shuningdek, 1 iyuldan soliq xavfi o‘rta bo‘lgan soliq to‘lovchilarga aniqlangan xavflar to‘g‘risida xabarnoma yuborish tizimi joriy etiladi. Bunda aniqlangan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf etilgan taqdirda, soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning “Kichik biznes sub’ektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy yil 1 iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki ming baravari etib belgilangandi.

Bundan tashqari Soliq qo‘mitasi 2026 yil 1 iyuldan boshlab kameral soliq tekshiruvi talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilganda soliq to‘lovchilarning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni faollashtirish jarayonini to‘liq avtomatlashtiradi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq avtokameral soliq soliq tekshiruvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing