Bolalar nafaqasi, aliment undirish… Xalq qabulxonalariga eng ko‘p qanday murojaatlar bo‘lmoqda?
Jamiyat
−
16 may 2510 2 daqiqa
Joriy yilning 1-choragi davomida Prezident xalq qabulxonalariga 178 237 nafar fuqarodan jami 296 235 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlovchi Prezident xalq qabulxonasi xabar qildi.
Taqdim etilgan axborotga ko‘ra, shu yilning yanvar-mart oylarida asosiy murojaat yo‘llovchi fuqarolarning yoshi 31-45 oralig‘idagi o‘rta yoshlilar bo‘lib, ularning soni 81 764 nafar bo‘lgan. Bu umumiy murojaatchilar sonining salkam yarmi degani. 18-31 yoshdagi murojaatchilar esa yuqoridagilarning qariyb yarmi – 40 002 nafarni tashkil qilgan. Asosiy murojaatchilarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i shu yosh toifalarida taqsimlangan.
Murojaat yo‘llagan fuqarolarning yosh toifalari quyidagicha:
- 393 nafari – 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar;
- 40 002 nafari – 18-31 yoshdagi fuqarolar;
- 81 764 nafari – 31-45 yoshdagi fuqarolar;
- 27 222 nafari – 45-55 yoshdagi fuqarolar;
- 10 341 nafari – 55-60 yoshdagi fuqarolar;
- 16 578 nafari – 60-75 yoshdagi fuqarolar;
- 1 937 nafari – 75-100 yoshdagi fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yilning avvalgi uch oyida O‘zbekistondagi Prezident xalq qabulxonalariga bo‘lgan “eshik qoqishlar”ning eng ko‘p sababi moliyaviy muammolar bo‘lgan. Masalan, bolalar nafaqasi, aliment undirish va bir martalik moddiy yordam masalasidagi murojaatlar fuqarolar tomonidan eng ko‘p kiritilgan.
Quyida yuborilgan dolzarb masalalarni ko‘rish mumkin:
- bolalar nafaqasi;
- aliment undirish;
- bir martalik moddiy yordam olish;
- surishtiruv-tergov masalalari;
- sodir etilgan huquqbuzarliklarga oid masalalar;
- ijro hujjatlari bo‘yicha qarz undirish;
- xotin-qizlarga bir martalik yordam ko‘rsatish;
- ish bilan ta’minlash;
- davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun ko‘mak;
- bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat haqini to‘lash;
- gaz ballonlarini to‘ldirish;
- jinoyatlarga, jumladan, firibgarlikka oid xabarlar;
- fuqarolik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha sud hujjatlaridan e’tirozlar;
- ichki yo‘llarni ta’mirlash;
- elektr ta’minotidagi uzilishlar va tarmoqlar holati;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.
Mazkur axborotdan shakllangan portret orqali aholini qiynab turgan dolzarb masalalar bilan birga, tizimning qaysi jabhalari huquqiy va ijtimoiy jihatdan ko‘p muammoli ekanini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida endi Xalq qabulxonalari faqatgina ariza qabul qiluvchi organ emas, balki hududdagi muammolarni diagnostika qiladigan markaz bo‘lishi haqida ma’lum qilingan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may