Mbappe “Real”dan ketadimi?
Sport
−
15 may 5408 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda u “Marca” nashriga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.
“Men Madridda juda baxtliman. Nega ketishim kerak?” deydi Mbappe.
Fransiyalik futbolchi “Real Madrid” safiga 2024 yil yozida qo‘shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 41 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.
Kecha, 14 may kuni Madrid klubi La Liganing 36-turida “Real Ovedo” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, madridliklar chempionatda mavsum yakuniga ikki tur qolganida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Barselona” esa muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist Pedro Almeyda joriy mavsum yakunidan so‘ng Mbappening Madridni tark etishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may