OpenAI SIni boshqarish bo‘yicha global organ tuzishni taklif qildi
Texnologiya
−
14 may 893 1 daqiqa
ChatGPT chat-botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi AQSH boshchiligida sun’iy intellektni (SI) boshqarish bo‘yicha global organ yaratish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda kompaniyaning global masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Kris Lexeyn ma’lum qildi.
“SI ma’lum bir darajada ko‘plab mavjud yoki an’anaviy savdo masalalari doirasidan chiqib ketadi. Haqiqatan ham global miqyosdagi tuzilmani qurishni boshlash va unga butun dunyo mamlakatlarini, jumladan, Xitoyni ham jalb qilish imkoniyati mavjud”, deydi Lexeyn.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday tashkilot o‘z g‘oyasi va vazifalariga ko‘ra, qurol tarqalishining oldini olish maqsadida yadro energetikasini rivojlantirish uchun global xavfsizlik standartlarini belgilovchi Xalqaro atom energiyasi agentligiga (MAGATE) o‘xshash bo‘lishi mumkin.
OpenAI vitse-prezidenti, shuningdek, buni amalga oshirish usullaridan biri – AQSH Savdo vazirligi huzuridagi SI sohasidagi standartlar va innovatsiyalar markazi bilan dunyoning boshqa mamlakatlaridagi SI xavfsizligi bo‘yicha muassasalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish ekanini ta’kidlagan.
Lexeyn global tuzilma tashkil etish rejasi bo‘yicha AQSH rasmiylari bilan allaqachon muloqot qilganiga aniqlik kiritgan. Biroq Vashington bu tashabbusni va unda Xitoyning ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashi yoki qo‘llab-quvvatlamasligi hozircha noma’lum.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may