Samarqandda qadimiy tangalarni olib chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Olam
−
28 aprel 2398 1 daqiqa
Samarqandda 3 dona qadimiy tangalarni boshqa mamlakatga olib o‘tmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand xalqaro aeroporti orqali xorijiy davlatga parvoz qilayotgan yo‘lovchining qo‘l sumkasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 3 dona qadimiy tangalar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ellik yil muqaddam va undan oldin yaratilgan madaniy boyliklar, jumladan numizmatik ashyolarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish qat’iyan taqiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan quyma oltin bo‘laklarini chaqaloq tagligi ichiga yashirgan holda olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etilgandi.
Live
Barchasi