Saida Mirziyoyeva Xorazmdagi avariya holatiga tushgan bog‘chaga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazmga tashrif buyurib, ta’mirtalab bog‘cha va maktabni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bugun biz Xorazmdamiz. Prezidentning viloyatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlari ijrosini o‘rganyapmiz”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirishicha, yuzdan ortiq muammoli masala qisqa fursatda o‘z yechimini topgan. Biroq ob’ektlarning soni va ko‘lamidan qat’i nazar, jamoa ularning barchasini bitta-bitta, sinchiklab va oxirigacha o‘rganib chiqadi.

“Xonqa tumanida mukammal ta’mirga juda muhtoj bo‘lgan 2-maktabni, shuningdek, qarovsiz tashlab qo‘yilgan va avariya holatiga kelib qolgan 49-maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘zdan kechirdik. Davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialida ham bo‘ldik. Hozirda o‘quv auditoriyalari hamda akademiyaning bo‘lajak tarbiyalanuvchilari maktab-internati bitta binoda joylashgan. Kelgusida qo‘shimcha bino qurilib, har bir muassasa o‘zining alohida, to‘laqonli sharoitiga ega bo‘ladi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatidagi bir nechta ta’mirtalab ob’ektlarni ko‘zdan kechirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing