“O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi tenderlarda yirik qonunbuzilishlar aniqlandi

3-sahifa

image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tizimidagi tenderlarda 21 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Quyuv-mexanika zavodi” AJ tomonidan o‘tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash (tender) savdolari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganishlar natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizim tashkiloti “Quyuv-mexanika zavodi” AJ tomonidan o‘tkazilgan jami 21 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 8 ta tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan. 

Yuqoridagilarga muvofiq, qo‘mitaning hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilarni ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha o‘tkazgan umumiy qiymati 220 million so‘mlik ikki autsorsing tanlovi g‘oliblari bir shaxs rahbarligidagi MCHJlar bo‘lib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari tender Quyuv-mexanika zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing