Rossiyada portlash. O‘zbekistonlik 5 farzandning otasi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 17 aprel kuni tongda Rossiyaning Vladikavkaz shahridagi Internatsionalnaya va Partizansk tor ko‘chalari burchagida chiqindi konteynerlarini yuklash paytida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda o‘zbekistonlik mehnat muhojiri halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

O‘zbekiston fuqarosi hududni tozalash ishlarini olib borayotgan kommunal xizmat xodimi bo‘lgan. Marhumning uning besh farzandning otasi ekani aytilmoqda.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquq-tartibot idoralari ishlamoqda. Butun chora-tadbirlar majmuasi o‘tkazilmoqda, voqea tafsilotlari aniqlanmoqda. 

Prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Sapyorlar chiqindi tashish mashinasining tarkibini tekshirib, uni poligonga olib ketgan. 

Holat ortidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi (ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha ish jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisaga chiqindi konteyneridagi portlovchi moddalar sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentiligi va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va konsulliklari holat bo‘yicha ma’lumot bermadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant o'zbekistonlik portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing