Bakalavrni xorijiy tilda bitirganlardan magistraturada til sertifikati so‘ralmaydi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda ta’limni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan keyingi bosqichda xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi. Bu haqda joriy yilning 10 aprelda qabul qilingan 58-sonli “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida keltirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar keyingi bosqich uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. Unga ko‘ra, sohani rivojlantirishda yangi – “5 T” (ta’lim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish) tamoyili joriy etiladi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi. Ushbu dastur davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan grant kvotalarining to‘lmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (o‘qish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutadi.

Hujjatda, shunigdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etilishi qayd etilgan. Qolaversa, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy ta’lim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni Oliy ta'lim xorijiy til sertifikat Bakalavr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing