O‘zbekiston Superligasida hakam qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi (video)

Sport

image

Kecha, 8 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvida hakamlar o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Futbol hakamlari markazi xabar berdi.

Qo‘qonda o‘tgan bahsning 78-daqiqasida bosh hakam Rustam Lutfullin to‘pga o‘ynagan “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matovni raqib hujumchisi Silvanus Nimeliga qo‘pollik ishlatgan deb topdi va qarshiliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. VARga murojaat qilib, vaziyatning takrorini ko‘rib chiqqan Lutfullin o‘z qarorida qoldi. Shundan so‘ng “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Lutfullinga e’tiroz bildirdi, ammo shu zahoti murabbiy maydondan chetlatildi. 11 metrlik zarbadan esa mezbonlar futbolchisi Toma Tabatatze adashmadi. Uchrashuvda shundan so‘ng boshqa gol kiritilmadi va shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yindan so‘ng esa O‘zbekiston futbol hakamlari markazi vaziyatni tahlil qilib, ushbu epizodda qoida buzilmaganini ma’lum qildi va hakamining penalti belgilaganini xato deb topdi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Superliga hakam qo'pol xato

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing