Lola Karimova o‘rnida UNESCO’da 5 yil ishlagan Shodiyev endi elchilikka tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva O‘zbekiston UNESCO huzuridagi doimiy vakili lavozimini tark etganidan keyin uning o‘rnini egallab, 2023 yilgacha ushbu lavozimda ishlagan va tilga tushgan Umid Rustamovich Shodiyev O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Senatining 14-yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullangan.

Senatorlar ushbu nomzod tashqi siyosat sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga hamda mamlakat milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali tarzda ilgari surish salohiyatiga ega ekanini urg‘ulagan. 

Ma’lumot uchun, Umid Shodiyev 2018 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston Respublikasining UNESCO huzuridagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yuritgan. 2023 yilning 27 iyulida esa Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi. U 2025 yilning 24 dekabr kuni boshqa ishga o‘tayotgani vaji bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov Turizm qo‘mitasi raisi kursisini egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Lola Karimova UNESCO Shodiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing