O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Olimjon Toshkenboyev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek sirk san’atining mashhur namoyandasi Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Olimjon Toshkenboyev uzoq yillar davomida “O‘zbekiston dorbozlari” guruhiga rahbarlik qilgan va milliy dorbozlik san’ati sohasida samarali faoliyat yuritgan. 

Uning rahbarligidagi “O‘zbekiston dorbozlari” guruhi ko‘plab xorijiy mamlakatlarda, xususan, Polsha, Germaniya, Misr, Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Ekvador kabi mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan o‘z san’atini namoyish etgan. 

U “O‘zbeksirk” birlashmasida rejissyor lavozimida samarali faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston vafot etdi artist Olimjon Toshkenboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing