“Qamchiq” dovonida 16 yoshli qiz ziplayndan tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
11 dekabr 15449 1 daqiqa
Bugun, 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonidagi dam olish maskanida bir qiz ziplayndan tushib ketgani va zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida jabrlanuvchining yaqinlari bilan bog‘landi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea bugun, 11 dekabr kuni “Qor city” dam olish maskanida soat 11:00 dan o‘tganda sodir bo‘lgan. Qiz bir necha daqiqa arqonda osilib turgan, biroq hech kim yordamga bormagan. Jabrlanuvchi hozirda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida davolanmoqda.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, qizga “ko‘krak qafasi yopiq shikasti, bel soha yopiq shikasti, o‘ng oyoq yopiq sinishi tashxisi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskanlaridan birida texnik ko‘rikdan o‘tmagan nosoz attraksionda uchish oqibatida bir nafar fuqaro jarohatlangan edi.
Live
Barchasi