Saidov Trampning O‘zbekistonda tug‘ilgan maslahatchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image
Trampning bosh maslahatchisi O‘zbekistonda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi north_east

Trampning bosh maslahatchisi O‘zbekistonda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 27 oktyabr kuni AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi. Bu haqda u vazir o‘zining Telegram sahifasida yozib qoldirdi.

Vazirning yozishicha, uchrashuv juda samimiy, keng qamrovli va sermahsul kechgan.

“Muzokaralarimiz davomida ikki tomonlama munosabatlardagi mislsiz sur’atni – savdo va investitsiyalardan tortib ta’lim hamda innovatsiyalargacha bo‘lgan barcha sohalardagi yuksalishni alohida ta’kidladik”, deydi u.

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH Prezidentlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muloqotlar kun tartibidagi istiqbolli masalalar muhokama qilindi.

“Ikkala mamlakat o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida barcha mavjud resurslarni safarbar etishga kelishib oldik”, ta’kidlaydi TIV rahbari.

O‘zbekistonga kelgach, Serjio Gor va Kristofer Landau 25 oktyabr kuni AQSH kompaniyalari bilan o‘zaro farovonlikni yuksaltirishning ko‘plab imkoniyatlari haqida suhbatlashdi. 6 oktyabr kuni esa ular O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati bilan tanishgan. Elchixona e’lon qilgan rasmlardan AQSH rasmiylari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va “Chorsu” bozoriga borganini ko‘rish mumkin. Ularga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik hamrohlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Serjio Gor 1986 yil 30 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan va keyinchalik AQSHda ta’lim olgan. U siyosiy faoliyatini respublikachilar partiyasi doirasida olib borgan, Donald Tramp jamoasida turli lavozimlarda ishlagan va uning eng yaqin safdoshlaridan biri sifatida tanilgan. Gor Oq uyda Prezident Kadrlar boshqarmasi direktori sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, siyosiy kampaniyalarda ham faol qatnashgan. 2025 yil 22 avgust kuni Donald Tramp uni Hindistondagi elchi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatgan. Hozirda u Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil sifatida ham faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz,  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 22 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasi tadbirlari doirasida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Serjio Gor Kristofer Landau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing