O‘zbekiston Islom birdamligi o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston, Malayziya va Eron 2029 yilgi Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun rasmiy arizalar topshirdi. Bu haqda Islom birdamlik sport assotsiatsiyasi (ISSA) xabar berdi.

Dastlabki baholash jarayonida olti davlat mezbonlikka qiziqish bildirgan bo‘lsa, keyinchalik O‘zbekiston, Malayziya va Eron o‘z nomzodlarini rasmiy takliflar bilan mustahkamlagan. Endilikda ISSA bosh kotibi boshchiligidagi maxsus komissiya ushbu mamlakatlardagi sport inshootlari, infratuzilma va tashkiliy imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

ISSA bosh kotibi Nosir Majali nomzod davlatlarning katta qiziqishini olqishlab, bu holat o‘yinlarning nufuzi ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidlagan.

“Islom birdamlik o‘yinlarining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qilish uchun uch ishtiyoqli va salohiyatli mamlakatning ishtiroki bizni quvontirdi. Ushbu inspeksiya tashriflari o‘yinlarni eng yuqori xalqaro standartlarda tashkil etishni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi”, deydi Majali.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi Islom birdamlik o‘yinlariga Saudiya Arabistoning Ar-riyod shahri mezbonlik qiladi. Musobaqalar joriy yilning 7-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Saudiya Arabistoni musobaqaning dastlabki (2005 yilgi) mezboni ham hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Malayziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing