Ilon mast odamni tishlab, nobud bo‘ldi
Bu qiziq
−
07 Oktabr 28297 1 daqiqa
Xorvatiyada spirtli ichimlik iste’mol qilgan erkakni tishlagan ilon nobud bo‘ldi. Bu haqda “News Bar” xabar berdi.
42 yoshli Shtef Radulich ish bo‘yicha uchrashuvdan so‘ng mast holda uyiga qaytayotgan edi. U ilonni payqamagan va uning yonginasidan o‘tgan. Ilon shu zahotiyoq erkakni chaqib olgan. Radulich qattiq og‘riqni his qilgan, pastga qaragan va ilonga ko‘zi tushgan.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, ilon g‘alati harakat qilgan, lanj bo‘lib ko‘rinib, gandiraklab qolgan va boshini ikki marta daraxtga urgan. Radulich ilonni ushlab, veterinarga olib borgan, lekin u nobud bo‘lgan.
Tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, ilonning qonida alkogol miqdori 5,1 grammni tashkil qilgan, bu juda yomon ko‘rsatkichligi aytilgan. Veterinar Mate Drnichning ta’kidlashicha, alkogolning bu darajasi ilonlar uchun juda katta miqdor va qaytarilmas oqibatlarga olib keladi.
Ilon zahari Shtef Radulichga ta’sir qilmagan. Shifokorlar alkogol toksinni zararsizlantirishiga shubha qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, erkak hozir rafiqasi bilan janjalni tugatish uchun shifokordan “spirtli ichimlik tufayli tirik qolganini” rasman tasdiqlashni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng katta timsoh nobud bo‘lgandi. Timsohning laqabi Kassius bo‘lib, u 1987 yildan beri hayvonot bog‘ida yashab, 2010 yilgacha o‘sishda davom etgan.
Live
Barchasi