Kapadze Kannavaroning shtatida yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchiligidagi yangi shtabda yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tayotgan  matbuot anjumanidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Ma’lumki, bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. 

Murabbiylar shtabida Kannavaroga Kapadzedan tashqari quyidagi mutaxassislar ham yordam beradi:

  • Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
  • Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
  • Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze O‘zbekiston U-23 terma jamoasini Parij-2024 Olimpiadasiga olib chiqqan. Shuningdek, u mazkur jamoa bilan Osiyo kubogi kumush medalini qo‘lga kiritgan. Joriy yil yanvarda Temur Kapadze milliy terma jamoa murabbiyi etib tayinlandi va O‘zbekistonni tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqdi.

Yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro esa futboldagi faoliyatini yakunlagach, Yaqin Sharq va Xitoy klublarini boshqargan. 2019 yilda u Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2022 yildan 2023 yilgacha Italiyaning “Benevento” klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2024 yilning aprelida u “Udineze” (Italiya) jamoasini qabul qilib olgan va bir muddat ishlagan.  Shundan so‘ng, Kannavaro Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klubida ham bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Kapadze Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing