UZTELECOM ICTWEEK 2025da jahon kompaniyalari bilan memorandumlar imzoladi
Biznes
−
24 Sentabr 4589 2 daqiqa
Mintaqaning eng yirik texnologik forumi – ICTWEEK 2025 doirasida O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatori UZTELECOM jahon kompaniyalari bilan qator memorandumlarni imzoladi. Ushbu hujjatlar data-markazlar rivoji, “aqlli” yechimlar ekotizimi va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni qamrab olib, mamlakatning raqamli transformatsiya yo‘lini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
UZTELECOM va DataVolt: zamonaviy data-markazlar sohasidagi qo‘shma loyihalar
Hamkorlikdagi ilk muhim qadam sifatida UZTELECOM va Saudiya Arabistonining zamonaviy data-markazlar qurilishi hamda ulardan foydalanishda ilg‘or tajribaga ega DataVolt kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. DataVolt o‘z faoliyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ilg‘or energiya tejamkorlik texnologiyalariga tayangan holda, katta hajmdagi ma’lumotlar davrida uglerod izini kamaytirishga alohida e’tibor qaratadi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston milliy qonunchiligiga va xalqaro standartlarga rioya etishga qat’iy sodiqligini, shuningdek, xorijiy investitsiyalarning raqamli transformatsiyani tezlashtirishdagi muhim rolini alohida ta’kidladilar. UZTELECOM uchun bu kelishuv IT-infratuzilmani kengaytirish va ekologik barqaror amaliyotlarni joriy etishning yangi ufqlarini ochib beradi.
Tuya Cloud bilan alyans: har bir uy va ofis uchun aqlli hayot
Shuningdek, xalqaro texnologik kompaniya Tuya Cloud bilan imzolangan kelishuv ham yirik tashabbuslardan biri bo‘ldi. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda “aqlli uy” va “aqlli ofis” yechimlarini o‘z ichiga olgan SMART Life & SMART Living ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.
.jpg)
Loyiha doirasida UZTELECOM SMART Life brendi ostida Tuya’ning sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘z ichiga mujassam etgan mobil ilova ishga tushiriladi. Foydalanuvchilar ushbu ilova orqali yoritish tizimlari, iqlim nazorati va xavfsizlik tizimlaridan torib boshqa smart-ҷihozlarni yagona interfeys orqali boshqarish imkoniga ega bo‘ladilar.
Ekotizim kengayishi: CyberNet AI, BSS va iToolabs bilan yangi hamkorliklar
Bundan tashqari, UZTELECOM qator innovatsion kompaniyalar bilan ham hamkorlik shartnomalarini imzoladi:
- CyberNet AI – savdo jarayonlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun AI-platformani joriy etish.
- BSS (Business Solutions & Services) – korporativ sektor uchun IT-yechimlarda tizim integratori sifatida hamkorlik.
- iToolabs (PBX Cloud) – biznes uchun AI asosidagi bulutli ATS, ovozli xizmatlar va yechimlarni rivojlantirish.
.jpg)
.jpg)
“Bu kelishuvlar – mamlakatimizda raqamli transformatsiyani jadallashtirish yo‘lidagi strategiyamizning muhim qismidir. Biz eng ilg‘or jahon texnologiyalarini jalb etib, jismoniy va yuridik shaxslarga kundalik hayotni qulaylashtiradigan va biznes samaradorligini oshiradigan innovatsiyalar taqdim etamiz”, dedi “O‘zbektelekom” AK boshqaruv raisidagi tijorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Javlon Islomov.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi