Vetnamdagi to‘fonda 7 ming uy zarar ko‘rdi

Olam

image

Vetnamda “Kadziki” to‘foni oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana o‘n kishi jarohat oldi. Bu haqda “Vietnam+” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat qariyb 7 ming uyga zarar yetkazgan, 29 ming gektarga yaqin sholi maydonlarini suv ostida qoldirgan va 18 ming daraxtni qulatgan.

Hukumat xabariga ko‘ra, 331 ta elektr tarmog‘i ustuni vayron bo‘lgan va oqibatda bir necha viloyatlar – Txanxoa, Ngean, Xatin, Txaynguyen va Futxo elektr ta’minotisiz qolgan. Xanoy ko‘chalarini ham kuchli suv bosgan.

To‘fon 25 avgust kuni Vetnamning shimoliy qirg‘oqlariga zarba bergan, 26 avgust tongida esa zaiflashib, Laos hududiga o‘tgan. Biroq sinoptiklar shimoliy hududlarda yangi suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfi borligini, ayrim joylarda 6 soatda 150 millimetrgacha yog‘in yog‘ishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Bungacha “Kadziki” Xitoyning Xaynan oroli janubiy sohillaridan o‘tib, Sanya shahridagi jamoat transporti va korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Vetnam hukumati kecha, 25 avgust kuni “Kadziki” to‘foni sababli 586 ming nafar aholini evakuatsiya qilishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

V'etnam to'fon Kadziki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing