Rossiya va Ukraina yana askarlarning jasadlarini almashdi
Olam
−
17 iyul 4331 1 daqiqa
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini yangi almashishni amalga oshirdi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Rossiya Prezidenti yordamchisi va Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Rossiya Ukraina qurolli kuchlarining 3000 nafar askarining jasadini Ukrainaga, Ukraina esa halok bo‘lgan rossiyalik 19 askarning jasadini Rossiyaga topshirgan. Ukraina hali almashinuv haqida xabar bermadi.
2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya va Ukraina og‘ir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok bo‘lgan 6000 askar jasadini topshirishga kelishib oldi. 16 iyun kuni Medinskiy Rossiya 6060 halok bo‘lgan ukrainalik askarning jasadlarini Ukrainaga topshirgani haqida xabar berdi. O‘z navbatida, Ukraina halok bo‘lgan 78 askar jasadini Rossiyaga topshirdi.
Keyinroq Medinskiy Moskva yana uch mingga yaqin askarning jasadini Kiyevga topshirishga tayyorligini aytdi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashish chog‘ida Rossiya tomoni Ukraina askarlari niqobi ostida Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolarining jasadlarini Kiyevga topshirgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr