Prezidentning 6 nafar maslahatchisi tayinlandi
Jamiyat
−
14 iyul 12808 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident maslahatchilari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra,
- Abdulaziz Hafizovich Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ozod etildi;
- G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
- Ravshan Ayubovich G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
- Sardor O‘ktamovich Umurzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
- Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimidan ozod etildi;
- Ruslanbek Quroltoyevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning o‘rinbosarlari tayinlangandi.
Live
Barchasi