Janubiy Koreya Prezidenti Shimol bilan aloqalarni tiklashga chaqirdi
Olam
−
11 iyul 4426 1 daqiqa
Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon yana bir bor Pxenyan bilan buzilgan aloqalarni tiklashga chaqirdi. Bu haqda u o‘z lavozimiga kirishganidan keyin birinchi marta raislik qilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Koreyalararo tinchlik milliy xavfsizligimizni himoya qilishning eng real va amaliy usulidir”, dedi Li.
Prezident, shuningdek, o‘zgaruvchan xalqaro tartib, Janubiy Koreyadagi siyosiy vaziyat va milliy xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish uchun Shimoliy Koreya bilan bog‘liq omillarni keng muhokama qilishga chaqirdi.
Li yarimorolda “tinchlik va birga yashash”ni mustahkamlash uchun prezidentlikka kirishganidan so‘ng Shimoliy Koreya bilan muloqot o‘rnatishga harakat qilishini aytdi. U Shimol bilan “barqaror, uzoq muddatli munosabatlar” zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Li Chje Myon oldinroq ham matbuot anjumanida mamlakat konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tinch yo‘l bilan birlashuv tarafdori ekanini aytgandi.
Live
Barchasi