Janubiy Koreya Prezidenti Shimoliy Koreya bilan birlashishni taklif qildi
Olam
−
03 iyul 10194 2 daqiqa
Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon mamlakat konstitutsiyasida ko‘rsatilganidek, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tinch yo‘l bilan birlashuv tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
U shimoliy va janubiy qism hatto yuzlab yillar o‘tgach ham birlashishi mumkinligini ta’kidlagan.
“Konstitutsiyamizda tinch yo‘l bilan birlashuvga intilish deyilgan, qo‘shib olish emas. Kimga yoqadi bosib olish? Bunday urinish katta qurbonlarga olib keladi. Iloji boricha bir-birimizning mavjudligimizni tan olib, o‘zaro manfaatli yo‘ldan borishimiz kerak”, degan davlat rahbari.
U 1953 yilgi urushdan beri 80 yil o‘tgani, ammo bu tarix nuqtayi nazaridan unchalik uzoq muddat emasligini ta’kidlagan.
“Agar asta-sekin umumiylikni tiklasak, yuzlab yillar o‘tgach ham birlashishimiz mumkin”, degan Li Chje Myon.
Shuningdek, Prezident propaganda eshittirishlarining tugashi masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan. U Janubiy Koreyada joylashgan tashviqot ovoz kuchaytirgichlarini o‘chirishni buyurganidan so‘ng, KXDR o‘z tarafidagi shovqin uzatish qurilmalarini to‘xtatganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
“Reaksiya juda tez bo‘ldi va bu men kutganimdan ham yaxshiroq”, degan Koreya rahbari.
U shuningdek, Rossiya va Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilash istagini bildirgan. KXDR bo‘yicha esa Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba va Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon KXDRga nisbatan qo‘shma strategiya ishlab chiqish borasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi