Rossiya Poltavaga hujum uyushtirdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 3 iyul tongida Rossiya qo‘shinlari Poltava shahriga dronlar yordamida hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, dron hujumi oqibatida harbiy xizmatga chaqiruv binosiga zarar yetgan. Atrofdagi turarjoy binolarida yong‘in yuz bergan, kamida 11 kishi jarohat olgan. 2 kishi vafot etgan. Jarohatlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Harbiy xizmatchilar binosi va yaqin atrofdagi turarjoy binosida yong‘in chiqqan.11 kishi yaralangan, 2 kishi vafot etgan”, deydi viloyat gubernatori Vladimir Koxut.

Qayd etish joiz, Rossiya Ukraina shaharlariga hujumlarida fuqarolik infratuzilmalariga zarba berib kelmoqda. Urushning daslabki yillaridan beri Rossiya hukumati mazkur ayblovlarni tan olmay keladi. 

Eslatib o‘tamiz, 28 iyun kuni Rossiya qo‘shinlari Odessa shahriga dronlar yordamida hujum uyushtirgandi. Oqibatda bir er-xotin, 27 iyun kuni Dnepropetrovsk viloyatining Samara shahriga uyushtirilgan hujumda 5 kishi, 3 iyul kuni Odessa shahriga hujumida 4 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Ukraina Poltava

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing