Toshkentdagi bozor vaqtinchaga yopildi
Jamiyat
−
01 iyul 12080 1 daqiqa
Toshkent shahrining Uchtepa tumani Toshkent katta halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan O‘rikzor “Stroy gorod” qurilish bozori vaqtinchaga yopildi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 13 iyun kuni “Oziq-ovqat standart karton” MCHJga qarashli “Stroy gorod” savdo kompleksi binolari va xonalarida aniqlangan yong‘inga qarshi kurash choralari bo‘yicha kamchiliklar va qonun buzilishlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Shunga ko‘ra, 27 iyun kunidan savdo kompleksi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozorining faoliyati muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli to‘xtatilgandi.