Xorazmda prokuratura tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi avval pora olib, keyin uni qaytarib berayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi mansab mavqeidan foydalanib, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilib, o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3000 AQSH dollari talab qiladi.

Shundan so‘ng, katta tergovchi joriy yilning 16-28 may oralig‘ida 1000 AQSH dollari, 10 mln so‘m, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Ammo fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168 moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyati ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qilgan.

Tergovchi 1000 AQSH dollari, qiymati 1000 AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi noqonuniy yerda uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish uchun 1200 dollar talab qilgan kadastr xodimi ushlangan edi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pora prokuratura tergovchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing